uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Birga hayotni saqlaymiz”: filialda donorlik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Birga hayotni saqlaymiz” mavzusida donorlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida filial Xotin-qizlar maslahati kengashi raisi B.Sapayeva hamda Yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova boshchiligida talabalar Viloyat qon quyish markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida markaz bosh hamshirasi  I.Durdiyeva talabalarga donorlikning inson hayotini saqlab qolishdagi muhim o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, qon topshirish jarayoni, uning maxsus tartiblari hamda donorlik qoni qanday qilib bemorlarga yetkazilishi haqida tushunchalar berildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida ijtimoiy mas’uliyatni oshirish, insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish va donorlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar