uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvni filial direktori M.B.Kuchkarov ochib berdi va filial bitiruvchi talabalari uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xususan,PQ-61-sonli qaror – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil13-fevraldagi 7-q/q-sonli qarori hamda O‘zmilliybank AJning 2026-yil 13-fevraldagi2-sonli qo‘shma qarori mazmuni yuzasidan ham batafsil izohlar berildi.
Uchrashuvda OʻzMilliybank AJ Xorazm viloyati bosh boshqarmasi (Milliybank)ning Biznes mijozlarini kreditlash boʻlimi boshligʻi T.Qo‘chqorov ham ishtirok etib, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida O‘zmilliybank AJ va ta’lim muassasalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik ishlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va asosli javoblar berildi.
 Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda kelajak rejalari uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar