uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

NAVRO'Z SAYLI TASHKIL QILINDI: SUMALAK PARTY - 2026

Navro‘z — go‘zallik, yangilanish, tabiatning uyg‘onishi va yangi hayotning qadimiy timsoli bo‘lgan ulug‘ bayramdir.
Shu munosabat bilan kuni kecha, 2026-yil 17-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida“Navroʻzni ulugʻlash — insonni ulugʻlashdir! ezgu g‘oyasi ostida turli bayram tadbirlari va sayllar tashkil etildi.
Saylning eng asosiy va fayzli jarayonlaridan biri — shaxona sumalak tayyorlash marosimidir. Doshqozonga ungan bug‘doy shirasi solinib, yoshu qari duoga qo‘l ochgan holda, filial direktori M.B.Kuchkarov boshchiligida sumalak pishirish jarayoni tantanali ravishda boshlab yuborildi.
Bu jarayon nafaqat milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, balki hamjihatlik, mehr-oqibat va ezgulik timsoli sifatida barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Filialimizda sumalak sayli doirasida tashkil etilgan tadbirlarimiz milliy qadriyatlarimizni yana bir bor namoyon etdi. Bayram davomida o‘tkazilgan milliy o‘yinlar ishtirokchilar va mehmonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Xususan, arqon tortish, tosh ko‘tarish, qo‘l qayirish kabi bellashuvlar kuch va matonatni sinovdan o‘tkazdi.
Shuningdek, shashka va shaxmat musobaqalari esa ishtirokchilarning aql-zakovati va strategik fikrlashini namoyon etdi.Ushbu o‘yinlar nafaqat sog‘lom raqobat muhitini yaratdi, balki milliy an’analarimizni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek filial xodimlari va talabalari uchun iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Dasturxon atrofida jam bo‘linganlar uchun osh tortilib, ezgu niyatlar bilan duoga qo‘l ochildi.
Ushbu samimiy uchrashuv hamjihatlik, mehr-oqibat va birlik ramzi sifatida barchaga iliq kayfiyat ulashdi.
 “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” ezgu g‘oyasi ostidagi   turli bayram tadbirlari doirasida tashkil etilgan milliy o‘yinlar – tosh ko‘tarish, arqon tortish hamda shashka musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, shuningdek, bugungi tadbirlarda faol ishtirok etgan xodimlar va talabalar filial rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
Ularga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirilib, ko‘rsatgan faolligi va yutuqlari e’tirof etildi.
















O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
"Eng yaxshi kreativ g‘oya" tanloviga strat berildi.
“Rahbar va yoshlar” – ochiq muloqot va dolzarb masalalar muhokamasi

Videolavhalar