uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Yoshlar kuni doirasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

2026-yil 12-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar”  uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida filial direktori M.B.Kuchkarov talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Suhbat jarayonida yoshlarning ta’lim jarayoni, ijodiy faoliyati, kelajak rejalari hamda ularni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mazkur uchrashuvda, shuningdek, kafedra mudiri N.Abdiramonov hamda dekan o‘rinbosari M.Ollaberganova ham ishtirok etib, yoshlar bilan o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.
 Bunday muloqotlar yoshlarning fikrini eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO‘LIMI BOSH MUTAXASSIS
Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Videolavhalar