
Samarali va xalqchil islohotlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik ishtirokini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025-yildan boshlab har yili “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda har yili “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkaziladi. Bu “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”dagi prezident farmonida belgilangan.
Forumning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Forum “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish jarayonida keng aholi qatlamining istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga hamda ularning faolligini rag‘batlantirish va keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
Forum o‘tkaziladigan ustuvor yo‘nalishlar har yili “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita (raisi — Bahodir Rahmatov) tomonidan belgilab beriladi. Forumga umumiy tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tashkiliy qo‘mita, istiqbolli tashabbuslarni baholash Mentorlar kengashi (raisi — Saxi Annaklichev) tomonidan amalga oshiriladi.
Strategik islohotlar agentligi forumga kelib tushgan istiqbolli tashabbuslarni yig‘ish, ularning yagona ro‘yxatini shakllantirish, maxsus kraud platformaga joylashtirish va e’lon qilib borishga hamda forum natijasi bo‘yicha ma’qullangan istiqbolli tashabbuslarning mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.
Istiqbolli tashabbuslar agentlik tomonidan yuritiladigan kraud platforma orqali har yili 10-apreldan 10-mayga qadar qabul qilinadi.
Forumni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar 2025-yilda Strategik islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi.
Forumni o‘tkazish joyini tegishli vositalar (bannerlar, videoroliklar, ekranlar, aloqa va boshqa vositalar) bilan ta’minlash “Interforum” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
Forumning endaument fondi ixtiyoriy mablag‘lar asosida shakllantiriladigan fond sifatida tashkil etiladi.
Forumda ma’qullangan istiqbolli tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa tijorat banklari, shuningdek, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mas’ul hisoblanadi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
