uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

KARYERA OROMGOHI 2025

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bakalavriat talabalari uchun 7 kunlik bepul oromgoh — Karyera oromgohi 2025 taqdim etiladi. Oʻzbekiston boʻylab 200 nafar eng faol talaba (har bir universitetdan 1 nafardan) tanlab olinadi.
Dastur davomida nomzodlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻladilar:
•  Rezyume va intervyu koʻnikmalari;
•  Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
•  Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
•  Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.
Dastur 2025-yil 24-31-avgust kunlari Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida boʻlib oʻtadi.
Dastur 2- va 3-kurs bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin;
Ishtirokchilar ishga kirishda kerak boʻladigan koʻnikmalarni egallashga qiziqishi kerak;
Nomzodlar motivatsiya, yetakchilik salohiyati va faoliyati asosida tanlab olinadi.

Foydali tomonlari
Turar joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
Ishga kirishda kerak boʻladigan koʻnikmalarni boʻyicha TOP mentorlar tomonidan darslar oʻtiladi;
Yirik kompaniyalardan spikerlar tashrif buyuradi;
Interaktiv oʻyin va mashgʻulotlar tashkil etiladi;
Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:
  Shaxsiy maʼlumotlar;
  Aloqa maʼlumotlari;
  Taʼlim muassasasi va kursi;
 Nima sababdan nomzod oʻzini universitetidan ushbu oromgoh uchun eng munosib nomzod deb hisoblashi haqida;
Rezyume
Dasturga qabul 2 bosqichda olib boriladi: Onlayn ariza topshirish.
Saralanganlar suhbatga chaqiriladi.
Barcha savollarga aniq va toʻliq javob berish shart!


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
“Kelajak soati”: Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi
Jadid bobolarimiz: “Millatni saodatga eltuvchi yo‘l — bu ilm va tarbiya".
“Art-terapiya” mavzusida mashgʻulot oʻtkazildi.

Videolavhalar