uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali jamoasi tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2022 yil 24 martdagi 53-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyatining chekka hududi bo‘lgan Tuproqqal’a tumanidagi 6-son musiqa va san’at maktabida  O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali jamoasi tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda akademiyaning Urganch filiali   direktor o‘rinbosari. A. Saparbaev,   o‘qituvchisi N.Abdiramanov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari, mahalla yoshlari, maktab jamoasi qatnashdi. Tadbirda akademiya Urganch filiali talabalari va tuman Madaniyat bo‘limi xodimlarining kuy-qo‘shiq va raqslari ijro etildi. Tadbir so‘ngida ushbu akademiya talabasi bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlarga tushuntirish, targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Videolavhalar