uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

📣 Diqqat tanlov!

📣 Diqqat tanlov!
⚡️ Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda “Madaniyat to'lqinlari” media loyihasi tanlovini e'lon qiladi!!!
Tanlov ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida milliy g‘ururni shakllantirish, oilaviy qadriyatlar, urf-odat va an’analarni targ‘ib qilish, media olamni ezgu hamda umuminsoniy mavzudagi materiallar bilan boyitish maqsadida  quyidagi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
✅ milliy g‘urur tushunchasini targ‘ib qilish, Vatanga sadoqat tuyg‘usini ommalashtirish; 
✅ Vatanning har qarich yerini qo‘riqlash, jangovar shaylikni mustahkamlashga har bir fuqaro mas’ul ekanini singdirib borish;
✅ qiz farzandlarni o‘qitish, kasb-hunarli bo‘lishi hamda zamonaviy ilmlarni egallashiga ko‘maklashish, bu orqali “Alp Onadan” degan qadimiy taomil mohiyatini ommalashtirish; 
✅ o‘zining bilimi, mehnati, intilishlari sababli jamiyatda munosib o‘rnini topgan yoshlar hayotini aks ettiruvchi, boshqalarni muvaffaqiyatlar sari undovchi ta’sirchan ijtimoiy roliklar. 
✅ tibbiyot, ta’lim, IIV, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish; 
✅ oilaviy qadriyatlar asrab-avaylash (masalan, oilada otaning o‘rni qanday bo‘lishi kerak); 
✅ zamonamiz qahramoni deb aytish mumkin bo‘lgan oramizdagi oddiy odamlarni ommaga tanitish; 
✅ yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga undash, o‘z kuchiga ishonishni, sinovlardan cho‘chimaslikni targ‘ib etish; 
✅ ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, “ota-onam nimaniyam bilardi” degan tushuncha shakllanishining oldini olish; 
✅ yildan-yilga unut bo‘layotgan qadriyat va an’analarni ommalashtirish hamda ularning ahamiyatini odamlar ongiga quyib borish. 
Tanlovda barcha turdagi havaskor va professional blogerlar (vayner, yutuber, podkastchilar va hokazo), ijtimoiy tarmoq faollari hamda O‘zbekiston Respublikasidagi Oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘quvchilar, bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘quvchilari, badiiy va ijodiy jamoalar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga kelib tushgan media (video) mahsulotlar tegishli mutaxassislardan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 tadan, jami 50 ta media mahsulot saralab olinadi.
Saralab olingan media mahsulot mualliflari tashkilotchilar tomonidan diplom va bir martalik 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Media mahsulotlar joriy yilning 30-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Media mahsulotlar muhokamasi va saralash – joriy yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
Taqdirlash marosimi – 2024-yil noyabr oyida tantanali ravishda bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash markaziga murojaat etishlari mumkin.
📞 Murojaat uchun telefon: (91) 137-33-02

Videolavhalar