uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

📣 Diqqat, diqqat! Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz!

📣 Diqqat, diqqat! Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz!
⚡️ 25-30-avgust kunlari Samarqandda "Sharq taronalari" XIII Xalqaro musiqa san'ati festivali bo'lib o'tishi haqida xabar berilgan edi. 
✅ Festival doirasida 27-28-avgust kunlari “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.
✅ Shu munosabat bilan, musiqashunos olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, musiqiy oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari hamda tadqiqotchi-doktorant va magistrantlar ishtirok etishlari mumkin.
💡 Konferensiyaning mavzu yo'nalishlari:
1. Sharq xalqlari mumtoz musiqa ijodiyotida umummilliy an'analarning mushtaraklik jihatlari;
2. Musiqa ijrochiligining zamonaviy jarayonlarida ijodiy uyg'unlashuv tamoyillari;
3. Sharq xalqlari musiqa madaniyatining globallashuv jarayonlari yoshlar nigohida.
✅ Konferensiyaning ishchi tillari – o‘zbek, rus va ingliz.
📥 Konferensiyada ishtirok etish uchun ariza va maqolalar 2024-yil 10-avgustga qadar sharqtaronalari2024@uzmmsi.uz elektron manziliga ariza, 300 so‘zdan iborat tezis va ilmiy maqolalarni yuborishlari kerak.
✅ Konferensiyaning axborot xati: O'zbek tilida, rus tilida, ingliz tilida.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar