uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi.

Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi.
Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova tabrik so‘zi bilan ochib, “Ilhom” mukofoti talaba-yoshlarni ilmiy izlanishlarini munosib rag‘batlantirish uchun ayni muddao ekanini ta’kidladi va g‘oliblarni tabrikladi.
So‘ng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev so‘zga chiqib, ushbu mukofot g‘oliblarga yanada mas’uliyat yuklashini ta’kidladi va ilmiy izlanishda davom etib, yuksak marralarni zabt etishlarini tiladi.
“Ilhom” mukofoti 2024-yil g‘oliblari bilan tanishing:
🥇Shoxzodjon Otamurodov – Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi;
🥈Ruxsora Imomova – Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti; 
🥉Dildora Yorbulova – Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi.
G‘oliblar Oliy ta’lim, va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda 1-o‘rin Damas avtomobili, 2-o‘rin 30 million so‘m, 3-o‘rin 15 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
✔️Shuningdek, quyidagi ishtirokchilar “Ilhom” mukofotining rag’batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlandi:
↪️Sarvinoz Ahmedova – Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi;
↪️“Ogahiyshunoslar” ijodiy jamoasi – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
↪️Behruz Qo‘ziboyev – Toshkent davlat transport universiteti talabasi;
↪️Ahmadjon Muxtorjonov – Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi;
↪️Yahyo Kamolov – Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti;
↪️Gullola To‘ymurodova – Toshkent davlat pedagogika universitet talabasi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar