uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

⚡️Taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
“Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024-y.) qabul qilindi .
Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
🔴oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;
🟣taʼlim krediti:
↪️oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;
➡️oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past  boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
❌Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.
✔️Bunda taʼlim krediti:
☑️OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;
▶️professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.
🗓2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
“Ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot

Videolavhalar