uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Talabalar festivali – 2024” doirasidagi barcha ko′rik-tanlovlar va musobaqalar g′oliblarining taqdirlash marosimi bo′lib o′tdi.

Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasida viloyatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida 4 kun mobaynida o‘tkazilgan “Talabalar festivali – 2024” doirasidagi barcha ko′rik-tanlovlar va musobaqalar g′oliblarining taqdirlash marosimi bo′lib o′tdi. 
Festivalning yakuniy tadbirida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlarni munosib taqdirladi.
Mazkur festivalda OʻzDXA Urganch filiali iqtidorli talabalari ham tanlov va musobaqalarda faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Jumladan:
🎉. "Milliy liboslar koʻrgazmasi" tanlovida jamoaviy hisobda 2-oʻrinni;
🎉"Talabalar ovozi" ko'rik-tanlovida Masharipova Bibimaryam  3-o'rinni egallashdi.
OʻzDXA Urganch filiali maʼmuriyati ushbu festivalda faol ishtirok etib, g′oliblikni qo′lga kiritgan barcha talabalarimizga chuqur minnatdorchilik bildiradi va butun filial jamoasini navbatdagi yutuqlar bilan samimiy qutlaydi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
“Rahbar va yoshlar” – ochiq muloqot va dolzarb masalalar muhokamasi
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi!”: filial jamoasi umumxalq hasharda faol qatnashishdi.

Videolavhalar