uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Mahmud Zamaxshariy nomidagi axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tavalludining 57 yilligiga bagʻishlab "Soʻz sehri" deb nomlangan maʼnaviy tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Mahmud Zamaxshariy nomidagi axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tavalludining 57 yilligiga bagʻishlab "Soʻz sehri" deb nomlangan maʼnaviy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda OʻzDXA Urganch filiali "Yosh ilmli va iqtidorli qizlar" toʻgarak rahbari, shoira Q.Urazmetova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M.Musayeva, konsetmeysterlar R.Kurbanov, R. va sirtqi boʻlim 201-guruh talabalari ishtirok etdilar. 
Tadbir Iqbol Mirzo qalamiga mansub Gulsanam Mamazoitova ijrosidagi "Oʻzbekiston" qoʻshigʻi bilan boshlandi.
Tadbirni Mahmud Zamaxshariy nomidagi axborot-kutubxona markazi sektor mudiri Sh.Sodiqova ochib berdi va Iqbol Mirzoning adabiyotimizga ayniqsa jadid bobolarimizning hayoti yoritilayotgan "Jadid" gazetasi xususida ham oʻzining semaʼno fikrlarini bildirdi.
Talabalar Iqbol Mirzoning sheʼrlarini yod oʻqidilar va savollar viktorinasidagi savollarga javob topib kutubxona tomonidan ajratilgan kitoblarni sovgʻa tarzida qoʻlga kiritdilar.
Tadbir davomida konsetmeyster R.Kurbanov shoirning qalamiga mansub boʻlgan sheʼrlar asosidagi qoʻshiqlarni ijro qildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Jasorat bog‘ida ma’naviy yuksalish:
Ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Payshanba yoshlar kuni doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi

Videolavhalar