uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zikrillo Neʼmatov va Xalqaro "Oltin meros" fondi rahbari Amirqul Karimovlar Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida tashrif buyurdilar.

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zikrillo Neʼmatov va Xalqaro "Oltin meros" fondi rahbari Amirqul Karimovlar Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida tashrif buyurdilar.
Maʼrifat —kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. Maʼrifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Ayni shu sabab tashkil etilgan uchrashuv qizgʻin voqelikka boy tarzda olib borildi.
Dastur avvalida, mehmonlar va talabalar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni OʻzDXA Urganch filiali direktorning birinchi oʻrinbosari A.Saparbayev ochib berdi. Shundan soʻng, mehmonlar yozuvchilik sanʼati va maʼrifatning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni haqida talabalarga soʻzlab berishdi. Oʻzlarining qalamiga mansub sheʼrlardan namunalar keltirdilar. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonlarga murojaat qilib, maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar