uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Yoshlar va fan – 2024” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

🌐Joriy yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Qozog‘iston Respublikasidagi doimiy hamkori - Jumabek Tashenov nomidagi universitetda yosh olimlar va talabalarning an’anaviy “Yoshlar va fan – 2024” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
🫥Mazkur anjumanda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari nomzodi, professor 
N. Qosimov, “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) H. Hamroyeva, shuningdek, 
“San’atshunoslik ta’lim yo’nalishi talabalari: Jamshid Mirsoliyev “O‘zbek raqs san’atining milliy chizgilari”, Musharraf Tursunova “O‘zbek – Qozoq ilmiy–madaniy aloqalari”, Durdona Ubaydullayeva “Qozog’iston o‘zbeklari bolalar folklor raqslari” mavzularida rus va o‘zbek tillarida ma’ruzalari bilan masofadan ishtirok etdilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar