uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14-fevraldagi farmoyishiga binoan joriy yilda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi keng nishonlanadi.

​​​​​​​​ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14-fevraldagi farmoyishiga binoan joriy yilda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi keng nishonlanadi.
🌐Joriy yilning 2-aprel kuni shoira ijodini chuqur o‘rganish jarayonida o‘zbek tilining jozibadorligini, turkiy xalqlar hamdo‘stligini targ‘ib qilish, qozoq–o‘zbek xalqlari qardoshligini, ilmiy–ijodiy hamkorligini mustahkamlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasi, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida J.Tashenev nomli universitetda oliy o‘quv yurtlari talabalari va umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Qo‘lingizda kitob bo‘lsin!” mavzusida xalqaro ko‘rik-tanlov hamda xalqaro ko‘rik-tanlov doirasida  «Raqslarda millat tarixi» shiori ostida raqs tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. 
🌟Xalqaro tanlovni universitet rektori, professor K.S.Boybolov tabrik so‘zi bilan ochdi. O‘zDXA “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti v.b., f.f.d.(DSc) H.Hamroyeva hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok etdi. 
❄️300 dan ortiq ariza bilan murojaat qilgan talabgorlar E.Siddiqova ijod namunalariga bag’ishlangan shartlar bo’yicha bahslashdilar.      
🫥Xalqaro tanlovda vakillarimizdan: O‘zDXA Urganch filiali 2- bosqich talabasi B.Masharipova Gran-Pri sohibasi, O‘zDXA “San’atshunoslik” ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi J.Mirsoliyev 1-o’rin sovrindori bo’ldilar. 
🌟«Raqslarda millat tarixi» mavzusidagi raqs tanlovinining 
hakamlar hay’atini  O‘zbekiston xalq artisti, professor G.Matyoqubova boshqardi. 
🫥Raqs tanlovida Gran–Pri sovrinini O‘zDXA Urganch filiali 2-bosqich talabalari B.Masharipova, R.Sapayevalar qo‘lga kiritdi.
✨G‘oliblarni akademiya jamoasi nomidan erishgan yutuqlari bilan  muborakbod etamiz!

🟢Lavhani O’zDXA talabasi Z.Mirg‘iyosova tayyorladi.​​​​

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Kecha “Zakovat Intellektual haftalik"ning hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
29-aprel sanasida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov Maxmutovich va "Xoreografiya" fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Y.Ostonoyev OʻzDXA Urganch filialiga tashrif buyurdilar.
Mlliy urf-odat udumlarga asoslangan folklor raqslari hamda sahna liboslari to'g'risida ma'lumotlarni talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar namoyish qilindi.
"Avesto" bogʻ majmuasida "Talabalar festivali" doirasida "Milliy qadriyatlar festivali" ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Videolavhalar