uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Abdulla Oripovni xotirlab

Abdulla Oripovni xotirlab

Bugun O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston madhiyasining so‘zlari muallifi Abdulla Oripovning tug‘ilgan kuni!

Ustoz shoirimiz agar hayot bo‘lganlarida 83 yoshga to‘lgan bo‘lardilar. Bunaqa buyuk insonlar kamdan-kam dunyoga keladi.

“Kechki mutolaa” doirasida Abdulla Oripovning ayrim she’rlarini joylamoqchiman. Videolardagi she’rlarni shoirning o‘zi o‘qigan.

TILLA BALIQCHA

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

SALOM-ALIK

Umrimdan ming marta roziman, biroq
Gohida ko‘ksimni ortiq keribman. 
Yoshlik – g‘o‘rlik ekan, anglamay ko‘proq
Katta shaytonlarga salom beribman.

Vaqtning tezligiga hayron qolaman
Va kulib qarayman buning bariga. 
Endi yoshim ulug‘, alik olaman
Kichik shaytonlarning salomlariga. 

LO‘TTIBOZ

Vijdonli odamlar ortgani sayin, 
Lo‘ttiboz soni ham ko‘payib borar. 
Tekinxo‘r atalur bu qavm tayin, 
Ajabki, ko‘p ishni shular boshqarar.

Vijdonning boshiga chiqqani ko‘yi, 
O‘zini mengzaydi tengi yo‘q dovga. 
Jinjakcha kelmaydi o‘zining bo‘yi, 
Yoqsa, tutantiriq bo‘lmas olovga. 

IKKI SHOIR

Bir shoir arz etdi ikkinchisiga:
— Do‘stim, shoirlikdan endi voz kechgum! 
Qancha intilmayin xalqning ichiga, 
She’rimni o‘qimas, o‘qimas hech kim.

Ikkinchisi uni yupatib dedi:
— Oldinroq ketibman men sendan ko‘ra. 
Xalq-ku o‘qimasdi meni ham, endi
O‘zim ham o‘qimay qo‘yganman, jo‘ra.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan 18-19-aprel kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14-fevraldagi farmoyishiga binoan joriy yilda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi keng nishonlanadi.
15-aprel Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni!
8-aprel kuni Madaniyat vazirligida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali tadbirini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka axborot berish maqsadida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Videolavhalar