uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi.

⚡️Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

✅oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

✅xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

✅professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga  toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar