uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Rossiya balet akademiyasi rektori, RF xalq artisti Nikolay Siskaridze ayni paytda yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi.

Rossiya balet akademiyasi rektori, RF xalq artisti Nikolay Siskaridze ayni paytda yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi. Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ishchi-tashrif bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga borgan balet ustasi bilan uchrashib, bo‘lajak mahorat darslari xususida fikr almashdi.
Rossiyalik mehmon Madaniyat vazirligi huzuridagi Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli davlat muassasasi jamoasi bilan ham ko‘rishib, muloqotda bo‘ldi.Nikolay Siskaridze La Skala (Milan, Italiya), Yangi milliy teatr (Tokio, Yaponiya), Yelesey teatri (Parij, Fransiya) kabi dunyoning mashhur teatrlari sahnalarida chiqish qilgan. Uning repertuarida kichik bir pardali baletlar bilan birga raqs dasturlari ham o‘rin egallagan.
Mahoratli baletchi 11-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda maktab-internatga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar