uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

AKADEMIYADA OCHIQ ESHIKLAR KUNI OʻTKAZILDI.

OCHIQ ESHIKLAR KUNI OʻTKAZILDI.

✨O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 26-oktabrdagi 3/23-4/1-7105-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.  

🔹Tadbirda filial  professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar, talabalar va Xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha maktab-internat xodimlari ishtirok etdi.  

🔸Har bir xodimning korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligini oshirish, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu maqsadda bir qator huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari, jumladan,  Urganch shahar Adliya bo‘limi mas’ul xodimi S.Otabayev, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi T.Shamakov, Urganch tumanlararo Fuqarolik sudi raisi Sh.Ismoilovlar taklif qilinib, ularning ma’ruzalari tinglandi.

🔹Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tugʻdiruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi boʻlishi zarur.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Ochiq muloqot: talabalar takliflari va rahbariyat e’tibori
“Epaulement croise en effacec, Pozalar croisee en efface” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi
Ijod va tajriba uchrashuvi: yoshlar uchun motivatsion muloqot
“Talabalar bahori – 2026”: yoshlar iqtidorini namoyon etgan haftalik

Videolavhalar