uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Grantlar tanlovi natijalari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2025-yil 10-martdagi VM-149-son qarori asosida O‘zbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasi Urganch filiali tomonidan akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash hamda ijtimoiy faollikni baholash bo‘yicha komissiyalar tomonidan taqdim etilgan natijalar umumlashtirildi.2026-yil 10-avgustdagi 3132-6045-6222-son bayonnomaga muvofiq:
to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari bo‘yicha talabgorlar natijalari tasdiqlandi;
qo‘shimcha grant bo‘yicha talabgorlar natijalari tasdiqlandi;
oliy ta’lim tashkiloti granti bo‘yicha talabgorlar natijalari tasdiqlandi;
maxsus komissiya tomonidan taqdim etilgan natijalar tasdiqlandi.
Talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha yakuniy natijalar bilan quyidagi ilovalar orqali tanishishingiz mumkin.
Ilovalar:
To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti bo‘yicha natijalar;
Qo‘shimcha grant bo‘yicha natijalar;
Oliy ta’lim tashkiloti granti bo‘yicha natijalar.
Eslatma: Mazkur natijalar 2026/2027 o‘quv yili uchun grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoniga oid.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar