uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Ekofaol talabalar”

“Ekofaol talabalar” loyihasi doirasida navbatdagi obodonlashtirish tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda oliy o‘quv yurtlari talabalari faol ishtirok etib o‘zlarining atrof-muhitga bo‘lgan e’tiborini amalda namoyon etdilar. Tadbir davomida filial va uning atrofidagi hududlar tozalandi, chiqindilar saralab yig‘ib olindi, daraxt ko‘chatlari ekildi va mavjud yashil maydonlar tartibga keltirildi.

Talabalar tomonidan ekilgan har bir ko‘chat ularning tabiatga bo‘lgan mehrini ifodalaydi. Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirishga ulkan hissa qo‘shadi. Ayniqsa obodonlashtirish jarayonida ko‘plab talabalar o‘z tashabbuslari bilan chiqib ekologik mas’uliyatni chuqur anglagan holda faol harakat qilishdi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirildi va kelgusida bu kabi amaliy ishlarni davom ettirish yuzasidan rejalar belgilab olindi. “Ekofaol talabalar” loyihasi nafaqat atrof-muhitni asrash balki talabalarni jamiyat oldidagi ekologik mas’uliyatga da’vat qilishni maqsad qilgan bo‘lib bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar davomli bo‘ladi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
“Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
“5 tashabbus” doirasida sport va sog‘lom turmush targ‘ib qilindi.

Videolavhalar