uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

🌳 Yashil makon: “Dolzarb bir oylik” boshlandi.

🌱 Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish, farovon turmush barpo etishga intilish mujassam. Borliq uyg‘onib, bahor fasli kirib kelganida joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.

🌿 Yurtimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida obodonlashtirish ishlari o‘tkazilmoqda. 

☘️ O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Obodonlashtirish ishlarida filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etdilar. Ular filial hududida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar. 

🍀 Obodonlashtirish ishlaridavomida ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlarining taglari yumshatildi. Chiqindilar belgilangan hududlarga olib chiqildi. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan obodonlashtirish tadbirlari natijasida filial hududi obod holga keltirildi.






Videolavhalar