uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi!”: filial jamoasi umumxalq hasharda faol qatnashishdi.

🌿  2026-yil 13–14-mart kunlari respublikamizning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida ham hashar tashkil etildi.
Hashar davomida filial jamoasi faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Xususan, filial atrofini supirib-sidirish, yer chopish, hududni tartibga keltirish kabi ishlar bajarildi.
🌱 Ushbu hashar orqali jamoa a’zolari yurtimiz obodligi va tozaligiga o‘z hissalarini qo‘shib, hamjihatlik va birdamlik namunasini ko‘rsatdilar.
Bunday ezgu tadbirlar nafaqat hududlarni obodonlashtirishga, balki jamoa o‘rtasida hamkorlik va ahillikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Keling, yurtimiz obodligi uchun birgalikda hissa qo‘shaylik!










O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO‘LIMI BOSH MUTAXASSIS
Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
“Ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Videolavhalar