uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

ABITURIYENTLAR KASBIY (IJODIY) IMTIHONDA O'Z MAHORATINI NAMOYOT ETDI

2026-yil 8–9-iyul kunlari O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2026–2027 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davom etgan imtihonlar boshlanishidan avval filial direktori M.B.Kuchkarov abituriyentlar bilan uchrashib, ularga samimiy tilaklarini bildirib, kasbiy (ijodiy) sinovlarda omad tiladi. Shuningdek, abituriyentlarga qabul komissiyasi a’zolari tanishtirildi.

Tadbir davomida filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Nurullayev so‘zga chiqib, imtihonlarning ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik hamda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish muhimligi haqida ma’lumot berdi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Jumladan, abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun imtihon jarayonlarini qulay kuzatish imkonini beruvchi maxsus kuzatuv xonalari tashkil etildi.

Shuningdek, imtihonlar davomida abituriyentlarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida malakali tibbiyot xodimi biriktirilib, zarur tibbiy xizmat ko‘rsatishga shay holatda faoliyat olib bordi.

Imtihonlar keng jamoatchilik uchun onlayn translatsiya qilinib, jarayonning ochiqligi va shaffofligi ta’minlandi. Bu esa imtihonlarning xolis, adolatli hamda belgilangan nizom talablari asosida o‘tkazilayotganini bevosita kuzatish imkonini yaratdi.


















O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar