uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

DIQQAT, ABITURIYENTLAR! Ijodiy (kasbiy) imtihon jarayonida tushadigan savollar e'lon qilinadi.

DIQQAT, ABITURIYENTLAR!

2026/2027-o'quv yili qabuli bo'yicha 60211600 – Xoreografiya (xoreografiya jamoalari rahbari) ta'lim yo'nalishi abituriyentlari uchun ijodiy (kasbiy) imtihon jarayonida tushadigan savollar e'lon qilinadi.

Savollar bilan quyida tanishishingiz mumkin.
T/r Savollar
1 O'zbek raqs san'ati haqida tushunchaga egamisiz?
2 O'zbek raqs san'ati namoyondalaridan kimlarni bilasiz?
3 Farg'ona raqs maktabining o'ziga xosligi.
4 Buxoro raqs maktabining o'ziga xosligi.
5 Xorazm raqs maktabining o'ziga xosligi.
6 Usta Olim Komilovning ijodiy faoliyati haqida so'zlab bering.
7 Tamaraxonimning ijodiy faoliyati haqida so'zlab bering.
8 Mukarrama Turg'unboyevaning ijodiy faoliyati haqida so'zlab bering.
9 Ommaviy bayramlar haqida nimalarni bilasiz?
10 O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan raqs ansambllarini bilasizmi?
11 "Baletmeyster" atamasiga ta'rif bering.
12 Baletmeysterlik san'atining tarixiy shakllanishi.
13 O'zbek baletmeysterlik san'atiga asos solgan qaysi baletmeysterlarni bilasiz?
14 O'zbek milliy baletlari haqida so'zlab bering.
15 Bugungi kunda O'zbekistonda ijod qilayotgan qaysi baletmeysterlar ijodini bilasiz?
16 Jahonga mashhur balerinalardan kimlarni bilasiz?
17 Yusufjon qiziq Shakarjonov ijodi haqida gapiring.
18 O'zbek xoreografiya maktabi tashkil etilishi haqida.
19 O'zbek erkak raqqoslari ijodi.
20 Roziya Karimova ijodiy faoliyati haqida gapiring.
21 "Shodlik" ashula va raqs ansambli ijodiy faoliyati.
22 O'zbek raqs san'atida nechta asosiy raqs maktabi mavjud?
23 Qanday raqs turlarini bilasiz?
24 "Klassik raqs" tushunchasini aniqlang.
25 Grand Bt. jete – tarjima, musiqiy o'lchovi, harakatni bajarish.
26 Bt. frappe – tarjima, musiqiy o'lchovi, harakatni bajarish.
27 Bt. tendu – tarjima, musiqiy o'lchovi, harakatni bajarish.
28 Klassik raqsda oyoqlarning barcha pozitsiyalarini tushuntiring va ko'rsating.
29 Klassik raqsda qo'llarning barcha pozitsiyalarini tushuntiring va ko'rsating.
30 Klassik raqsda "oyoqlar"ning holatini tushuntiring.
31 Klassik raqsda "qo'llar"ning joylashishini tushuntiring.
32 Klassik raqsda "korpus"ning joylashishini tushuntiring.
33 Klassik raqsda "bosh"ning joylashishini tushuntiring.
34 Dastgohda harakatlar ketma-ketligini sanab o'ting.
35 Dastgohda bajariladigan birinchi harakat nima?
36 Dastgohda bajarilgan oxirgi harakat nima?
37 Klassik raqsda "Qo'llarning tayyorgarlik holati" haqida bizga xabar bering.
38 "Allonge" harakati qanday tarjima qilinadi va bajariladi?
39 "Xoreografiya" so'zining ma'nosi haqida gapiring.
40 "Balet" so'zining ma'nosi va paydo bo'lish tarixi.
41 "Doira-dars" necha qismdan iboratligi haqida ma'lumot bering.
42 O'zbek raqsida qo'l–oyoq xolatlari?
43 Xalq sahna raqsi fani bo'yicha qanday adabiyotlarni bilasiz?
44 Xalq-sahna raqslari uchraydigan balet va opera spektakllarini sanab bering.
45 Xalq-sahna raqsi tuzilish prinsipini izohlab bering.
46 "Uzum uzish" harakatini ijro etilishi.
47 "Paxta" raqsi – baletmeysteri va birinchi ijrochisi haqida ma'lumot bering.
48 Klassik raqsi faniga oid adabiyotlar va ularning mualliflari?
49 O'zbek raqsi faniga oid adabiyotlar va ularning mualliflari?
50 Xalq sahna raqsi faniga oid adabiyotlar va ularning mualliflari?

Barcha abituriyentlarga ijodiy imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz!

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar