uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasi Urganch filialida “Kelajakka qadam” dasturi bo`yicha tushuntirish berildii


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–61-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-son qarorining ijrosini ta’minlash, jumladan, respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalarini tashkil etish orqali bitiruvchi talabalarni ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadidagi 442-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasi Urganch filialida “Kelajakka qadam” markazlarining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda Qarorda belgilangan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish maqsadida

“Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagida boʻlgan bitiruvchi talabalar uchun ma’sul xodim o‘quv metodik taminot bo‘limi boshlig‘i D. Xojaniyazov tomonidan  “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
 Seminar davomida bitiruvchi talabalar oʻrtasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Milliy Bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketini keng targʻib qilindi.

Talabalar tomonidan o‘z biznes g‘oyalari bilan “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qilish tartibi tushuntirilib o‘tildi. Bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan 3 turdagi kredit paketlari “Kelajakka qadam” (10 mln so‘mgacha), “Kelajak uchun start” (100 mln so‘mgacha) va “Yorqin kelajak sari” (1 mlrd so‘mgacha) haqida batafsil ma’lumot berildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar