uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston Milliy bank AJ Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bahrom Masharipov, mutaxassislar Zokirjon Matyoqubov va Kamron Matqurbonovlar ishtirokida bitiruvchi bosqich talabalari bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri


O‘zbekiston Milliy bank AJ Xorazm viloyati boshqarmasi, bo‘lim boshlig‘i B.Masharipov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori ijrosi yuzasidan Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini bandligini ta’minlash, o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan talabalarni aniqlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha:

 “Kelajakka birinchi qadam” –ya’ni,  tadbirkorlik qilish istagidagi talabalarga ijtimoiy soliq to‘lab, o‘zini-o‘zi band qilgan bitiruvchilar uchun; 

“Yorqin kelajak sari”- ya’ni, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchila uchun;

“Kelajak uchun start”-ya’ni yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchila uchun ajratiladigan kredit summalari, foiz stavkalari, kredit muddati va imtiyozli davrlar, kredit oluvchilar uchun qo‘yiladigan talablar  haqida to‘liq tushuntirishlar berdi.

Shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi xujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” yo‘nalishi bo‘yicha amalga oiriladigan ishlar, dastur doirasida “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari “O‘zmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi bilan kelishilgan holda “O‘zmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali o‘rtasida hamkorlik kelishuvi 2025-yil 20-mart sanasida imzolanganligi to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni berdi.

Suhbat  davomida bitiruvchi bosqich talabalari tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida o‘zlarini qiziqtirgan  savollariga mutaxassislardan to‘liq javoblar oldilar va  ularga  mavzuga oid mavuga oid bukletlar tarqatildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar