







O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Otamuratov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi 2025-yil 20-mart sanasidagi 114-sonli buyrug‘i bilan bitiruvchilarga o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘mak, maslahatlar va ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etadigan “Kelajakka qadam” markazlarining oliy ta’lim tashkilotlarida hududiy bo‘linmalari tashkil etilganligi, mazkur dastur “Talabalarni kasbga tayyorlash va kasbiy amaliyotini tashkil etish” yoʻnalishini ham amalga oshirish bo‘yicha bitiruvchilarga xizmat ko‘rsatishi yuzasidan talabalarga tushuntirish berdi.
Seminarga taklif qilingan O‘zbekiston Milliy bank AJ Xorazm viloyati boshqarmasi, davlat resurslarini moliyalashtirish bo‘limi mutaxassisi U.K.Bekchonov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi 2025-yil 20-mart sanasidagi 114-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini bandligini ta’minlash, o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan talabalarni aniqlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy bank AJ va uning hududiy bo‘linmalari mas’ul qilib berkitilganligi haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan bitiruvchilarga yaratiladigan imkoniyatlar, beriladigan imtiyozlar, ajratiladigan kredit mablag‘lari va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi xujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” yo‘nalishi bo‘yicha amalga oiriladigan ishlar, dastur doirasida “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari “O‘zmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi bilan kelishilgan holda hamkorlik kelishuvini imzolanishi to‘g‘risida to‘liq tushuntirish berdi.
Seminar davomida bitiruvchi bosqich talabalari tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan to‘liq javoblar oldilar.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
