uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“TalabaExpo–2026”: Kelajak sari muhim qadam!

Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida "Kelajakka qadam" dasturi doirasida "TalabaExpo–2026" kasbiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari qatorida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali ham ishtirok etib, yoshlarni ta'lim yo‘nali va yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek,  tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev hamda "O‘zmilliybank" AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan muhim tashabbuslar haqida fikr bildirdilar.
Ishtirokchilar imtiyozli kreditlar, startap loyihalari va tadbirkorlikni rivojlantirishga oid imkoniyatlar haqida ham batafsil ma'lumot oldi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

DIQQAT, HURMATLI TALABGORLAR VA FUQAROLAR!
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali vakillari Tuproqqal’a tumanidagi 17-son umumta’lim maktabida tadbir o‘tkazishdi
Filial xodimlari tomonidan Tuproqqal'a tumanidagi maktablarda o'quvchilarning bo'sh vaqtlari mazmuni tashkil qilinmoqda
FILIAL DIREKTORI YANGI O'QUV BINOSINING QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI

Videolavhalar