uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Yangi o‘quv qo‘llanma taqdim etildi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, pedagog Saubet Pirnazarovning “Xoreografiya san’atida aktyorlik mahorati va rejissura asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.

Mazkur qo‘llanma “Xoreografiya (Xoreografiya jamoalari rahbari)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda xoreografiya san’atida aktyorlik mahorati, sahna madaniyati, obraz yaratish hamda rejissura asoslariga oid nazariy va amaliy tavsiyalar yoritilgan.
Bugun filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari yangi nashr bilan yaqindan tanishdilar. Taqdimot davomida qo‘llanmaning mazmun-mohiyati, ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Muallif Saubet Pirnazarov o‘quv qo‘llanmasining bir necha nusxasini filial kutubxonasiga va professor-o‘qituvchilar foydalanishi uchun topshirdi. Ushbu nashr xoreografiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda soha mutaxassislari uchun muhim metodik manba bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.





O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar