uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 1-bosqich talabalari uchun ilmiy ishlar bo‘yicha tushuntiruv darsi tashkil etildi.

2025-yil 5-sentabr kuni O‘zDXAUFda 1-bosqich talabalari ishtirokida ilmiy-tadqiqot faoliyati yuzasidan ma’lumot beruvchi dars tashkil etildi.
Mazkur darsda filialning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bobur Shaxonov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. U o‘z ma’ruzasida ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmun-mohiyati, ilmiy maqola va loyihalar yozish tartibi, ilmiy etika, hamda innovatsion yondashuvlar haqida batafsil tushunchalar berdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishlarini bildirishdi. Bu kabi uchrashuvlar talabalarda ilmiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni mustaqil izlanishga yo‘naltirish hamda ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida talabalarga ilmiy faoliyatni boshlash uchun zarur metodik tavsiyalar berildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar