uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Bitiruvchi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni!

2026-yil 21-may kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Karyera kuni” doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirni filial direktori M.B.Kuchkarov ochib berib, bugungi kunda yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Mehnat yarmarkasida Urganch shahar va Yangibozor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi, shuningdek, tumanlardagi bolalar musiqa va san’at maktablari hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdi. Tadbir davomida mavjud vakant ish o‘rinlari, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ishga joylashish tartiblari hamda kasbiy faoliyatni boshlash bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, filialning bitiruvchi talabalari workshop dasturi doirasida o‘z chiqishlarini namoyish etib, san’at va ijod borasidagi mahorat hamda iste’dodlarini namoyon qilishdi. Tadbir yoshlarning kasbiy rivojlanishi, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatishi va kelajakdagi faoliyatiga mustahkam zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.















O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO‘LIMI BOSH MUTAXASSIS
Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi

Videolavhalar