uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

YANGI KITOBLAR KO'RGAZMASI TASHKIL ETILDI

📚2026-yil 12-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Axborot-resurs markazi tomonidan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazma talaba-yoshlarning bilimini oshirish, ularni yangi o‘quv adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.Ko‘rgazmada soha va ta’lim jarayoniga oid bir qator yangi kitoblar namoyish etildi. Jumladan, “Xoreografiya asoslari”, “Musiqa faniga kirish”, “Musiqa yaratish asoslari”, “Pedagogika: o‘qish nazariyasi va amaliyoti”, “Maxsus pedagogika”, “Aktyorning o‘z ustida ishlashi” kabi adabiyotlar ko‘rgazmadan o‘rin oldi.
Tadbir davomida talabalar va o‘qituvchilar yangi nashr etilgan kitoblar bilan tanishib, ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Ushbu ko‘rgazma talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish hamda o‘quv jarayonida foydalaniladigan adabiyotlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Epaulement croise en effacec, Pozalar croisee en efface” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi
Ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Ijod va tajriba uchrashuvi: yoshlar uchun motivatsion muloqot
Payshanba yoshlar kuni doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi

Videolavhalar