uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

Kuni kecha, 1-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda filialning “Lazgi” bo‘limi boshlig‘i Z.Yakubova, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi B.Sapayeva hamda 1-bosqich talaba qizlari ishtirok etdi.
Davra suhbati “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda talabalarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, suhbat davomida zo‘ravonlikning oldini olishga doir videoroliklar namoyish etilib, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi. Tadbir yoshlar ongida huquqiy madaniyatni oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar