2026-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Xotin-qizlar maslahati kengashi raisi B.Sapayeva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Narbayeva hamda Lazgi bo‘limi boshlig‘i Z.Yoqubova Urganch davlat universiteti va O‘zbekiston Xotin-qizlar olima uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan "Har bir ayoli olima bo‘lgan mamlakat qudratli bo‘lur" mavzusidagi seminarida ishtirok etdilar.Seminar davomida xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi faolligini oshirish, ularning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, jamiyat va oiladagi o‘rni hamda ilmli ayolning taraqqiyotdagi ahamiyati yuzasidan mazmunli ma'ruzalar va fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, xotin-qizlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar yuzasidan fikr almashdilar.


Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
