uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Baxtli oila — jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Baxtli oila — jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda filial Xotin-qizlar maslahati kengashi raisi B.Sapayeva hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Narbayeva tomonidan filialning xotin-qiz ishchi-xodimlari bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ayollarning jamiyat va oiladagi mas’uliyati hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ahillik hukm surgan oilalar jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga mustahkam oila, tinchlik-xotirjamlik va farovon hayot tilandi.





O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar