
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 150-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, filial Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi B.Sapayeva hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Narbayeva tomonidan talaba-qizlar ishtirokida “Ta’lim tizimida zo‘ravonlik (bulling) profilaktikasi, diagnostikasi va korreksiyasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalarga zo‘ravonlik va bulling tushunchalari, uning psixologik va ijtimoiy oqibatlari, shilqimlik (harrasment) va tazyiq holatlarining turlari hamda bunday vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish, murojaat qilish tartibi va himoya mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘zini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sog‘lom va xavfsiz muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.




Shuningdek, filialda ayol ishchi-xodimlar va talaba-qizlarning huquq va xavfsizligini ta’minlash, shilqimlik (harrasment) hamda tazyiq holatlarining oldini olish maqsadida erkak ishchi-xodimlar o‘rtasida ham davra suhbati tashkil etildi. Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi B.Sapayeva va dekan maslahatchisi M.Narbayeva so‘zga chiqib, filialda tashkil etilgan “Ishonch qutisi”ning maqsadi, ish yuritish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni va uning ahamiyati haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, zo‘ravonlik holatlari kuch ishlatish, qo‘rqitish, tahdid qilish yoki majburlash orqali boshqa shaxsga zarar yetkazish shakllarida namoyon bo‘lishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur tadbirlar ta’lim muassasasida zo‘ravonlikning oldini olish, sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish hamda barcha ishtirokchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
