uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Muvaffaqiyat sari ilhom baxsh etgan uchrashuv”

  Kuni kecha 2026-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirokida mazmunli va ilhomlantiruvchi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Filialning xotin-qizlar maslahat kengashi raisi B.Sapayeva hamda dekan maslahatchisi M.Narbayeva tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda talaba-qizlar faol ishtirok etdilar.
“Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv mehmoni — Urganch ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internati direktori, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi Samandarova Gulnora Erkinovna bo‘ldi. U o‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyati, rahbarlik tajribasi, kasbiy yutuqlari hamda san’at yo‘lidagi izlanishlari haqida batafsil so‘zlab berdi.
Suhbat davomida G.Samandarova muvaffaqiyatga erishishda qat’iyat, mehnatsevarlik va o‘z ustida ishlashning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u yosh avlodni, ayniqsa talaba-qizlarni katta maqsadlar sari intilishga, o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishga undadi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar