uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI TASHKIL QILINDI

Bugun, 3-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida filial direktori M.B.Kuchkarov talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi hamda yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvda fakultet dekani M.Amanbayeva hamda xotin-qizlar kengashi raisi B.Sapayeva ishtirok etib, talabalar bilan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida filialimiz faxri — “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibasi Dilnoza Boboqulovaning erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Uning muvaffaqiyati yoshlar uchun ibrat namunasi ekani ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish hamda rahbar va talabalar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar