uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Toshkentda oliy ta’limda akkreditatsiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir boshlandi

Ayni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro tajriba hamda ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi.

Mazkur xalqaro tadbirda 200 dan ortiq davlat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislari, shuningdek, Germaniya, Buyuk Britaniya va Malayziyadan taklif etilgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i U.Qalandarov ham faol ishtirok etmoqda.

⚡️Tadbir davomida akkreditatsiyaning ta’lim sifatini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish, xalqaro standartlarni milliy ta’lim tizimiga joriy etish hamda ta’lim sifatini baholashning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilinmoqda.
Xalqaro tadbir oliy ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va ta’lim jarayonida sifatni ta’minlash bo‘yicha samarali yondashuvlarni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar