uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2026-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Registrator ofisi bo‘lim boshlig‘i Rashid Atajonov tomonidan 1 va 2-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalarga ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari asosida ajratiladigan grantlar taqsimoti, ularni olish tartibi hamda baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratiladigan grantlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda grantlar taqsimotiga oid taklif va mulohazalarini bildirdilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar