uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘quv-uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida O‘quv-uslubiy kengashning 2-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kengash a’zolari ishtirok etib, 2025–2026 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari kesimida yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashrga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, filialda tahsil olayotgan 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishi mavzulari hamda ularning ilmiy rahbarlarini tasdiqlash yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan yana biri — 2025–2026 o‘quv yilining kuzgi semestrida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish masalasi bo‘ldi.Shuningdek, yig‘ilish davomida “HEMIS” axborot tizimining yuritilishi, o‘quv-me’yoriy hujjatlarning elektron shaklda joylashtirilganligi va tizimdagi ma’lumotlarning to‘liqligiga alohida e’tibor qaratildi.
Kengash yakunida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quv-uslubiy faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO‘LIMI BOSH MUTAXASSIS
Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi

Videolavhalar