uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Talabalar amaliyot jarayonlari o‘rganildi.

Kuni kecha, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Zulfizar Toxirova hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Dilnoza Atabayeva amaliyot jarayonlarini o‘rganish maqsadida talabalarning amaliyot o‘tayotgan maskanlariga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ular Xorazm viloyati musiqali drama teatri hamda Urganch ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatida amaliyot o‘tayotgan talabalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mutaxassislar talabalarning amaliy mashg‘ulotlari, ijodiy jarayonlardagi ishtiroki hamda kasbiy ko‘nikmalarni egallash jarayonlarini kuzatib, ularga tegishli tavsiya va maslahatlar berdilar.
Shuningdek, amaliyot rahbarlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, talabalarning bilim va malakalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🎓Mazkur tashrif talabalarning amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish hamda ularning kasbiy tayyorgarligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

DIQQAT, HURMATLI TALABGORLAR VA FUQAROLAR!
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali vakillari Tuproqqal’a tumanidagi 17-son umumta’lim maktabida tadbir o‘tkazishdi
Filial xodimlari tomonidan Tuproqqal'a tumanidagi maktablarda o'quvchilarning bo'sh vaqtlari mazmuni tashkil qilinmoqda
FILIAL DIREKTORI YANGI O'QUV BINOSINING QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI

Videolavhalar