uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Аksilkorrupsiya oyligi” doirasida talabalar bilan suhbat tashkil qilindi

Bugun, 12-noyabr sanasida Oʼzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida  “Yoshlar korrupsiyaga yoʼq deydi” mavzusida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʼishlangan “Аksilkorrupsiya oyligi” doirasida oʼtkaziladigan tadbirlar rejasiga muvofiq  filial Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi bosh mutaxassisi M.E.Nurullaev, diriektorning birinchi oʼrinbosari А.Sh.Saparbaevlar tomonidan 101-22-guruh talabalari bilan  suhbat oʼtkazildi.
Yoshlar oʼrtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yoʼlida amalga oshirilayotgan chora tadbirlarni keng ommaga yetkazish borasida samarali targʼibot ishlarini tashkil qilish maqsadida, filial tomonidan oʼz faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish, ularni bartaraf etish filial talabalari va xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi xabardorligini oshirish boʼyicha profilaktik-tushuntirishlar olib borildi. 
Shuningdek, talabalarga mavzu boʼyicha “Eng yaxshi esselar”, “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovlari ham oʼtkazilishi va bunga start berilganligi eʼlon qilindi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi!”: filial jamoasi umumxalq hasharda faol qatnashishdi.
Talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda xavfsizlik va isitish tizimi o‘rganildi

Videolavhalar