uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

KORRUPSIYAGA QARSHI TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI

Bugun, 5-sentabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 1-bosqich talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining bosh mutaxassisi Muxammad Nurullayev ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaning jamiyat hayotidagi salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari hamda “Komplayens nazorat” tizimining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida korrupsiyaning oldini olish, odil boshqaruv, halollik va shaffoflik tamoyillari, shuningdek, talabalarning ushbu yo‘nalishda mas’uliyati va faolligi muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi!”: filial jamoasi umumxalq hasharda faol qatnashishdi.
Talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda xavfsizlik va isitish tizimi o‘rganildi

Videolavhalar