uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi

⚡️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 1-bosqich talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbatni filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev olib bordi. Suhbat davomida talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, akademik halollik tamoyillariga rioya etish hamda ta’lim jarayonida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablari, korrupsiyaviy holatlarga duch kelganda tegishli tartibda murojaat qilish va bunday holatlarning oldini olishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan tegishli javob va tavsiyalar oldilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar