uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Bitiruv malakaviy ishi (BMI) hamda antiplagiat tizimi masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

2026-yil 2-aprel kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida bitiruv malakaviy ishi (BMI) hamda antiplagiat tizimi masalalariga bagʻishlangan  yigʻilish boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilishda filial rahbariyati, professor-oʻqituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.
Yigʻilish davomida BMI ishlarini tayyorlash tartibi, ilmiy rahbarlar bilan ishlash jarayoni, mavzularning dolzarbligi va ilmiylik darajasi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bitiruv ishlarining belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilishi, ularning sifatini oshirish hamda o‘z vaqtida topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig'ilishda talabalarga BMI bo'yicha tashkiliy komissiya tarkibi tanishtirildi va komissiya a'zolari ilmiy tadqiqot ishini antiplagiat tizimidan o'tkazilishi, akademik halollik talablariga to'la rioya qilishlari taʼkidlandi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar