uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i


Ahmedov Temurjon Yusubbayevich


O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ing lavozim vazifalari

- O‘quv-uslubiy boshqarmaning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqaradi; 

- O‘quv-uslubiy boshqarmaning ish rejalarini tuzadi va ularning ijrosini ta’minlaydi; 

- O‘quv-uslubiy boshqarma maqsadidan kelib chiqib Filialda mutasaddi bo‘lgan bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi; 

- O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, xatlari, modemogrammalari va telefonogrammalari, shuningdek, direktor buyruqlarining boshqarmada bajarilishini ta’minlaydi va monitoringini olib boradi; 

- yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmunini talabalar va xodimlarga yetkazib boradi; 

- O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘plangan o‘quv-uslubiy sohalardagi tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va belgilangan tartibda jamoaga yetkazadi; 

- vazirlikning buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini Filial o‘quv-uslubiy jarayoniga tatbiq etish tadbirlarini ishlab chiqadi; 

- Filial direktori, Filial Kengashi va Ilmiy-uslubiy kengashining fakultet va kafedralarda o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan qarorlari bajarilishini nazorat qiladi; 

- O‘quv-uslubiy boshqarmada hujjatlarning sifatli tayyorlanishi va topshirilgan vazifalarning bajarilishi nazoratini ta’minlaydi; 

- Filial direktori huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida, Filial kengashi yig`lishlarida ishtirok etadi; 

- Filial fakultetlari o‘quv-uslubiy ishlarining tashkil etilishini o‘rganadi, fakultet va kafedralarda o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi; 

- Filial Kengashi, O‘quv-uslubiy kengashi, o‘quv jarayoniga tegishli masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan dekanlar majlislarining o‘quv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash haqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi; 

- dekanatlar, kafedralarning o‘quv ishlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va yig‘ilishlarga zaruriy-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi; 

- o‘quv masalalari bo‘yicha javobgar hisoblanadi, boshqarma va uning tarkibidagi bolinmalar xodimlarining ish faoliyatini tashkil qiladi; 

- Davlat attestatsiyalari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiya himoyalarini tashkil qilish hamda o‘tkazishda ishtirok etadi; 

- professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yili uchun shtatlar jadvalini tuzadi; 

- o‘quv jarayonini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘quv-yordamchi xodimlar tarkibini shakllantirishda ishtirok etadi; 

- Filial a’zo bolgan Muvofiqlashtirish soha kengashi faoliyatida (majlislarida) ishtirok etadi; 

- o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda koordinatsiya qiladi; 

- o‘quv-uslubiy boshqarmaning yil yakuni bo‘yicha hisobotini tayyorlaydi; 

- o‘quv jarayoni grafigi asosida o‘quv yili boshlanishidan oldin, dekan muovinlari va tegishli bo‘limlar uchun seminar-trening(lar) tashkil qiladi; 

- Filial talabalarini kurslar kesimida baholash natijalari bo‘yicha fakultetlardan olingan natijalar bo‘yicha Filial miqyosida hisobot tayyorlaydi; 

- yakuniy baholash jadvallarini tayyorlanishini va yakuniy baholashlar o‘tkazilishini nazorat qiladi; 

- doimiy ravishda kafedralarning o‘quv-me’yoriy hujjatlari bajarilishini nazorat qiladi; 

- bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishi va magistratura mutaxassisliklari talabalarining magistrlik dissertatsiya ishi himoyalarida ishtirok etadi; 

- o‘z vakolati doirasida Filial bo‘yicha chiqariladigan tegishli buyruqlar loyihalarini tayyorlaydi. 

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
"Eng yaxshi kreativ g‘oya" tanloviga strat berildi.
“Rahbar va yoshlar” – ochiq muloqot va dolzarb masalalar muhokamasi

Videolavhalar