Bugun, 2026-yil 10-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida direktor M.Kuchkarov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda filialning barcha professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida filial faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, xodimlarning ishga kelish-ketish tartibini yanada takomillashtirish, mehnat intizomini mustahkamlash hamda yangi “Face ID” tizimi ishga tushirilgani haqida ma’lumot berildi. Ushbu tizim xodimlarning ish vaqtini aniq va shaffof tarzda nazorat qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayramini munosib kutib olish va uni yuqori saviyada nishonlash masalalari ham muhokama qilindi. Bayram tadbirlarini mazmunli tashkil etish, jamoa o‘rtasida hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyatni mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilishda yana bir muhim masala — korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ishlar haqida ham so‘z yuritildi. Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tizimning ahamiyati hamda xodimlarning bu boradagi mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Yig‘ilish yakunida filial rahbariyati tomonidan jamoaga kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
